
- 5
- 30.12.2025 08:11:00
- 1 min read
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Ukraina 29-dekabrga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Novgorod viloyatidagi (Valday yaqinidagi) davlat qarorgohiga 91 ta dron yordamida hujum qilgan. Uning ta’kidlashicha, barcha dronlar havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilgan, jabrlanganlar va moddiy zarar yo‘q.
Lavrov bu hodisa Rossiyaning tinchlik muzokaralaridagi pozitsiyasini qayta ko‘rib chiqishiga sabab bo‘lishini aytdi, biroq Moskva muzokaralardan chiqmasligini bildirdi. Shuningdek, Rossiya javob choralarini ko‘rishini ma’lum qildi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa bu bayonotni “Rossiyaning navbatdagi yolg‘oni” deb atadi va Moskva bundan Ukrainaga yangi zarbalar berish uchun bahona sifatida foydalanayotganini ta’kidladi. Ukraina TIV ham Rossiya faqat o‘z hujumlarini oqlash uchun bunday da’volarni ilgari surayotganini bildirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp voqea yuzasidan Putindan xabar topganini aytib, buni “yomon va noo‘rin harakat” deb baholadi hamda sodir bo‘lganidan g‘azablanganini bildirdi.