U-Scan — hojatxonadagi mini-laboratoriya

U-Scan — hojatxonadagi mini-laboratoriya
  • 2
  • 06.11.2025 16:47:00
  • 1 min read

Fransiyaning Withings kompaniyasi organizm holatini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan U-Scan nomli aqlli qurilmani taqdim etdi.

U hojatxona ichiga o‘rnatiladi, tanadagi suyuqlik namunalarini avtomatik tahlil qiladi va natijalarni telefonga yuboradi. Qurilma pH, vitamin C, ketonlar va suvsizlanish darajasini aniqlaydi.

Narxi — 379 dollar, sotuvda AQSh va Yevropada.
Endi sog‘lig‘ingiz haqida ma’lumot olish uchun laboratoriyaga borish shart emas!

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News