Andijonda layk uchun mushukchani uloqtirganlar jarimaga tortildi

Andijonda layk uchun mushukchani uloqtirganlar jarimaga tortildi
  • 0
  • 30.07.2026 18:56:00
  • 1 min read

Avvalroq Andijonda layk uchun mushuk bolasi qurilishdagi chuqur kotlovaniga uloqtirilgani haqida xabar bergandik. Ushbu holat aks etgan video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi va mushukchani uloqtirgan ikki yigit ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 27-iyul kuni Navruz Mall savdo-ko‘ngilochar majmuasi yaqinida sodir bo‘lgan. 18 yoshli bloger yigit obunachilar sonini oshirish maqsadida mushukchani qurilish maydoniga uloqtirgan, uning 20 yoshli tanishi esa voqeani videoga olib, Instagram’ga joylagan.
Holat yuzasidan har ikki yigitga hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va har biriga 10 BHM — 4,1 million so‘m miqdorida jarima tayinlandi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News