
- 0
- 14.05.2026 18:10:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda ikki kishining ziplaynda to‘qnashib ketgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lum qilinishicha, holat Angrenning tog‘li hududida sodir bo‘lgan. To‘qnashgan fuqarolar tan jarohati olmagan. Mazkur attraksion tegishli tashkilotlarning hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarisiz noqonuniy faoliyat yuritib kelgan. Ushbu ziplayn demontaj qilinib, attraksion faoliyatini tashkil etgan fuqarolarga nisbatan jarima qo‘llanilgan. FVV fuqarolarni noqonuniy faoliyat olib borayotgan attraksionlarda uchmaslikka chaqirdi.