
- 0
- 26.01.2026 16:03:00
- 1 min read
Oʻzbekiston IIVning sobiq oʻrinbosarlari Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunov davlat mulkini yirik miqdorda talon-toroj qilishda gumonlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, yetkazilgan zarar 100 mlrd so‘mdan ortiq. Gumonlarga koʻra, ular Toshkent shahri va viloyatlarda oʻrnatilayotgan “aqlli svetoforlar” va boshqa yo‘l uskunalarini xorijdan import qilingan deya koʻrsatib, aslida mahalliy mahsulotlarni oʻtkazish orqali jinoiy sxemalar tuzgan. Bekmurod Abdullayev 2021-yildan Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i, Rustam Tursunov esa 2021-yildan Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i lavozimida ishlagan. Ularning lavozimdan ozod qilinishi prezident tomonidan 2026-yil korrupsiyaga qarshi favqulodda kurash yili deb e’lon qilinganidan so‘ng yuz berdi. Hozirda Bosh prokuratura ushbu ish bo‘yicha tergov olib bormoqda.