
- 0
- 27.01.2026 14:34:00
- 1 min read
Avvalroq Oʻzbekiston IIVning sobiq oʻrinbosarlari Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunov davlat mulkini yirik miqdorda talon-toroj qilishda gumonlanib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani haqida xabar berilgandi. Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum bo‘lishicha, ular davlat xaridlarida 186 milliard so‘m byudjet mablag‘i o‘zlashtirgani sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Prezident byudjet mablag‘lari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini va javobgarlik qattiq bo‘lishini ta’kidladi. Shu bilan birga, davlat idoralari rahbarlariga yosh va malakali kadrlarni jalb qilish, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini kuchaytirish zarurligi bildirildi.