
- 0
- 19.05.2026 14:03:00
- 1 min read
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyatida soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va sobiq hokim o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Bulung‘ur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari va tumandagi “Buxgalteriya markazi” DM hisobchisi fermerning 150 mln so‘mlik soliq qarzdorligini kamaytirib berish evaziga 15 mln so‘m pora olgan vaqtda qo‘lga olingan. Avvalroq, hisobchi fermerdan 3 mln so‘m ham olgan bo‘lgan.
Yana bir holatda esa, 2025-yilda Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan shaxs 14 mln so‘m pora olib, fuqaroni tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan. Biroq, u va’dasini bajarmagan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda sobiq hokim o‘rinbosari avval olgan pul mablag‘ining bir qismi sifatida 1000 dollarni qaytarayotgan vaqtida ushlangan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.