Turkiyada ayol Trampning qizi ekanini da’vo qilib, sudga murojaat qildi

Turkiyada ayol Trampning qizi ekanini da’vo qilib, sudga murojaat qildi
  • 0
  • 01.01.2026 09:49:00
  • 1 min read

Anqarada yashovchi 54 yoshli Nejla O‘zmen o‘zini AQSH prezidenti Donald Trampning qizi ekanini da’vo qilib, sudga murojaat qildi.
Nejlaning aytishicha, uni voyaga yetkazgan ayol keyinchalik uning asl onasi emasligini va Nejlaning biologik otasi Donald Tramp ekanini aytgan. Shundan so‘ng ayol sudga “otalikni sud orqali aniqlash” bo‘yicha da’vo arizasi kiritib, Trampdan DNK testi o‘tkazishni talab qilgan. Uning iddaosiga ko‘ra, biologik onasi xorij fuqarosi bo‘lgan va yillar avval Donald Tramp bilan nikohdan tashqari munosabatda bo‘lgan. Homiladorlik davrida bosim va tahdidlarga uchragan ayol keyinchalik Turkiyaga kelib, shu yerda farzandini dunyoga keltirgan.
Nejla O‘zmen nafaqat Turkiyada, balki AQSHdagi tegishli sudlarga ham otalikni aniqlash bo‘yicha murojaat qilganini bildirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News