
- 4
- 01.07.2026 11:59:00
- 1 min read
Xamiri uchun:
500 gr un
1 osh qoshiq xamirturush
200 ml iliq suv
1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
biroz tuz
Qiymasi uchun:
500 gr mol go‘shti qiymasi
1 dona piyoz
1 dona bulg‘or qalampiri
2 dona pomidor
biroz tuz, murch va ko‘katlar
Tayyorlanishi:
Idishga iliq suv, un, tuz, xamirturush va o‘simlik yog‘i solinib, yumshoq xamir qoriladi. Xamir tinguncha, qiyma tayyorlab olinadi. Qiymaga mayda to‘g‘ralgan piyoz, qalampir, blenderda maydalangan pomidor va ziravorlar solinib, yaxshilab aralashtiriladi. So‘ng, tingan xamir bo‘laklarga bo‘linib, yoyiladi. Yoyilgan xamir ustiga qiyma qo‘yilib, cheti qayiqcha shaklida yopib chiqiladi. Oxirida, pidelar 200°C da oldindan qizdirilgan pechda 15–20 daqiqa pishirib olinadi. Mazali turkcha pidelarimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha🥰☕️