
- 0
- 10.01.2026 13:30:00
- 1 min read
Turkiyada 37 yoshli jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Shafak Chelik qimor qarzlari tufayli o‘z joniga qasd qildi. U vidolashuv videosida keksa ota-onasi uchun Turkiya jinoyat olamining avtoritetlaridan biri Sedat Pekerdan yordam so‘ragan. Shundan so‘ng Sedat Peker oilaning barcha qarzlarini to‘lab, ularga yangi uy sotib olib berdi. Marhumning oilasi Sedat Pekergа minnatdorlik bildirib, video orqali rahmat aytdi. Mazkur holat Turkiya OAVlarida keng yoritilib, jamiyatda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.