Turkiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi

Turkiyada bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
  • 1
  • 25.04.2026 08:13:00
  • 1 min read

Turkiya parlamenti 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonun loyihasini qabul qildi. 

Unga ko‘ra, platformalar 15 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsata olmaydi va yoshni tekshirish tizimini joriy etishi shart. Shuningdek, ota-onalar uchun nazorat vositalari — vaqtni cheklash, xarajatlarni tasdiqlash va hisobni boshqarish imkoniyatlari taqdim etiladi. Talablarga amal qilmagan platformalarga jarimalar qo‘llanadi, reklama taqiqlanishi va internet tezligi bosqichma-bosqich cheklanishi mumkin.

Shuningdek, hukumat bolalar uchun nomaqbul kontentni bloklaydigan maxsus SIM-kartalar joriy etishga ham qaror qilgan va VPN-servislarni bloklash hamda 18 yoshgacha bo‘lganlar uchun internetdan foydalanishni nazorat qilishni ko‘rib chiqmoqda. Hujjat Rajab Toyyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolangach kuchga kiradi, cheklovlar esa 6 oy o‘tib amal qila boshlaydi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News