
- 0
- 03.04.2026 10:22:00
- 1 min read
AQSH prezidenti Donald Tramp yaqin 2–3 hafta ichida Eronga “o‘ta qattiq” zarbalar berilishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bu hujumlar Eronni “tosh davriga qaytarishi” mumkin.
Tramp xalqqa murojaatida urush yakuniga yaqinlashayotganini bildirib, AQSH harbiy javobni kuchaytirishga tayyor ekanini ta’kidladi. U so‘nggi harbiy harakatlarni “katta yutuq” deb atab, urushni amerikaliklar kelajagi uchun “investitsiya” sifatida baholadi.
Bu bayonot ortidan Eronning davlat axborot agentligi IRNA ijtimoiy tarmoqlarda javob qaytardi. Ular qadimgi Ahmoniylar davlati xaritasini ulashib, “Mana, tosh davridagi Eron. Uni qayta tiklamoqchimisiz?” degan mazmunda kinoyali izoh qoldirdi.