Tramp Venesuelani AQSHga qo‘shib olmoqchi

Tramp Venesuelani AQSHga qo‘shib olmoqchi
  • 3
  • 12.05.2026 10:02:00
  • 1 min read

Donald Tramp Venesuelani Amerikaning 51-shtati qilish masalasini jiddiy ko‘rib chiqayotganini aytdi. Bu haqda Fox News muxbiri Jon Roberts ma’lum qildi.
Tramp avval ham Butunjahon beysbol klassikasi turniri vaqtida Venesuelaning AQSHga qo‘shilishi haqida hazilomuz postlar qoldirgandi. Keyinchalik esa bu fikrni yanada jiddiyroq tilga olgan. Venesuela tomoni esa bu taklifni rad etdi. Mamlakatning vaqtinchalik rahbari Delsi Rodriges Venesuela mustaqilligi va suverenitetidan voz kechmasligini bildirgan.

Tramp ma’muriyati 8-may kuni Venesueladan yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqib ketdi. AQSH tomoni bu jarayonni “Amerika, Venesuela va dunyo uchun g‘alaba” deb atagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News