
- 0
- 01.04.2026 10:13:00
- 1 min read
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt ma’lum qilishicha, Tramp Eronga qarshi urush xarajatlarini arab davlatlari qoplashini istamoqda.
Uning aytishicha, Tramp bu tashabbus bilan yaqin orada arab davlatlariga murojaat qilishi mumkin.
“Menimcha, Prezident ularni bunga chaqirishdan juda manfaatdor bo‘lardi. Men bu masalada undan oldin nimadir deya olmayman. Ammo, albatta, bu uning xayolida bor g‘oya”, degan Oq uy matbuot kotibi.
Shuningdek, Eron bilan muzokaralar davom etayotgani va ijobiy kechayotgani bildirildi. Levittga ko‘ra, Tehronning ochiq bayonotlari yopiq muzokaralardagi gaplardan farq qiladi va barcha ma’lumotlar tekshiriladi.