
- 0
- 26.03.2026 11:01:00
- 1 min read
Eron bilan keskinlik fonida AQSHda harbiy safarbarlik mavzusi yana kun tartibiga chiqdi. Minnesota shtatining sobiq gubernatori Jessi Ventura prezident Trampni tanqid qilib, uning o‘g‘li Barron Trampni armiyaga qo‘shilishga chaqirdi.
Ventura britaniyalik jurnalist Pirs Morgan bilan suhbatda yetakchilar avvalo o‘z farzandlarini yuborishga tayyor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Uning fikricha, Trampning farzandlaridan hech biri harbiy xizmat o‘tamagani tanqidga sabab bo‘lmoqda. Ushbu bayonot ortidan ijtimoiy tarmoqlarda #SendBarron xeshtegi keng tarqaldi.
Ayrim kuzatuvchilar esa Barron Trampning bo‘yi (taxminan 206 sm) harbiy texnikalarda xizmat qilishga to‘sqinlik qilishi mumkinligini aytmoqda.
Trampning o‘zi ham hech qachon harbiy xizmatda bo‘lmagan, chunki doktor Larri Braunshteyn (Donaldning otasi Fred Trampning iltimosiga ko‘ra) Donald Trampga tovon suyagi o‘simtasi tashxisini qo‘ygan. Bu tashxis unga armiyaga umuman bormaslik imkonini bergan.