
- 0
- 08.04.2026 10:40:00
- 1 min read
Tramp Erondagi urush tugagach, ispan tilini o‘rganib, Venesuela prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi ekanini aytdi. Tramp bu fikrni Eronda urib tushirilgan samolyot sabab bedarak yo‘qolgan amerikalik ofitserni qutqarish operatsiyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela xalqidan katta qo‘llab-quvvatlov bo‘lishi mumkin va u ispan tilini tezda o‘rganishga ishonadi. Shu bilan birga, Tramp hozirgi saylangan prezidentdan mamnun ekanini ham ta’kidlagan.
Shuningdek, u Venesuela bilan bog‘liq vaziyatlarni bir necha bor tilga olib, Erondagi vaziyat ham Venesuelanikiga o‘xshash yakun topishiga ishora qildi.