
- 0
- 11.12.2025 15:44:00
- 1 min read
Donald Tramp kamida 1 million dollar to‘lay oladigan badavlat chet elliklar uchun tezlashtirilgan immigratsiya vizasi — Trump Gold Card dasturini ishga tushirdi. Bu viza talabga javob beradigan shaxslar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolikka yo‘l ochadi. Dasturga ko‘ra, 1 million dollar to‘lov “davlatga sezilarli foyda keltirish”ning isboti sifatida talab qilinadi. Kompaniyalar xodimlarni homiylik asosida olib kelmoqchi bo‘lsa, 2 million dollar va qo‘shimcha to‘lovlar to‘lashi kerak bo‘ladi. Tez orada 5 million dollarlik “platina” versiyasi ham chiqariladi. Ariza berishdan oldin 15 ming dollarlik qaytarilmaydigan xizmat haqi to‘lanadi. Dastur ba’zi demokratlar tomonidan boylar foydasiga adolatsizlik deb tanqid qilinmoqda. Tramp Gold Card’ni yuqori malakali mutaxassislar uchun mo‘ljallanganini va ish o‘rinlarini yaratishini ta’kidladi.