
- 0
- 27.03.2026 11:21:00
- 1 min read
Tramp Eron energetika infratuzilmasiga zarba berishni 10 kunga, ya’ni 6-aprelga qadar kechiktirdi. U bu qaror Eronning iltimosi asosida qabul qilinganini ma’lum qildi.
Trampning aytishicha, muzokaralar davom etmoqda va “feyk OAV va boshqa manbalarning noto‘g‘ri bayonotlariga qaramay, ular yaxshi o‘tmoqda”. Tehron esa Vashington bilan muzokaralar olib borilayotganini rad etmoqda.
Avvalroq Tramp Eron Fors ko‘rfazidan neft va gaz tashiladigan Hormuz bo‘g‘ozini blokadasini bekor qilmasa, energetika obyektlariga zarba berishni va’da qilgan edi. The New York Times ma’lumotiga ko‘ra, Eron vaqtinchalik sulhga rozi emas va AQSH hamda Isroildan hujum qilmaslik kafolatini talab qilmoqda.