Tramp Eronga hujum boshlanganini tasdiqladi

Tramp Eronga hujum boshlanganini tasdiqladi
  • 0
  • 28.02.2026 13:50:00
  • 1 min read

AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH harbiylari Eronga qarshi “katta harbiy operatsiyalar”ni boshlaganini tasdiqladi. U bu haqda Truth Socialʼdagi videomurojaatida ma’lum qilgan va maqsad Amerika xalqini Eron rejimidan kelayotgan tahdidlardan himoya qilish ekanini aytgan. Isroil ham Eronga prevantiv zarba berganini e’lon qildi. 

Eronning rasmiy OAVlari Tehron va boshqa shaharlar, jumladan Isfahon, Qum, Karaj va Kermanshahda portlashlar bo‘lganini, ayrim hududlarda mobil aloqa va internet ishlamayotganini xabar qilmoqda. Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy xavfsiz joyga ko‘chirilgan va hozir Tehronda emasligi bildirildi.

Isroilda aholini ehtimoliy javob zarbalaridan ogohlantirish uchun havо trevogasi e’lon qilindi, maktablar va universitetlar yopildi, ommaviy tadbirlar bekor qilindi, faqat muhim xizmatlar faoliyatini davom ettirmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News