Tramp Epshteyn masalasini o‘ziga qarshi uyushtirilgan fitna dedi

Tramp Epshteyn masalasini o‘ziga qarshi uyushtirilgan fitna dedi
  • 1
  • 04.02.2026 16:37:00
  • 1 min read

Tramp 3-fevral kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida CNN jurnalistining Jeffri Epshteyn qurbonlari va yaqinda e’lon qilingan hujjatlar haqidagi savoliga keskin munosabat bildirdi. Tramp savolni javobsiz qoldirib, jurnalistni “eng yomon muxbir”, CNN’ni esa “nopok tashkilot” deb atadi va shaxsiy tanqidlar bilan savolni chetlab o‘tdi. Shuningdek, u: “Menga oid hech narsa chiqmadi, bu menga qarshi uyushtirilgan fitna edi”, — deya Epshteyn bilan bog‘liq ayblovlarni rad etdi. Shuningdek, AQSH Adliya vazirligi Jeffri Epshteyn ishiga oid minglab hujjatlarni saytidan olib tashladi. Bunga jabrlanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari ochiq qolganligi sabab bo‘ldi. Advokatlar ma’lumotlar tahrirlanmagani va qariyb 100 nafar jabrlanuvchining xavfsizligiga tahdid solganini ta’kidladi. Ayrim jabrlanuvchilar o‘lim bilan tahdid qilinganini aytgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News