Tramp “AQSHning birinchi yahudiy prezidenti” deb ataldi

Tramp “AQSHning birinchi yahudiy prezidenti” deb ataldi
  • 0
  • 20.12.2025 16:02:00
  • 1 min read

Oq uyda 16-dekabr kuni o‘tkazilgan yahudiylarning Xanuka marosimida konservativ sharhlovchi Mark Levin Trampni “Amerika tarixidagi birinchi yahudiy prezident” deb atadi. Bu so‘zlar marosimda qizg‘in olqishlar bilan qarshi olindi. Levin Trampning Isroil va yahudiy jamoasiga ko‘rsatgan yordami va faoliyatini shu tarzda maqtadi. Tramp ham bu e’tirofni tabassum bilan qabul qildi. Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News