Tramp Eron bilan urush boshlanishida mudofaa vazirini aybladi

Tramp Eron bilan urush boshlanishida mudofaa vazirini aybladi
  • 0
  • 24.03.2026 12:01:00
  • 1 min read

Tramp Eron bilan bog‘liq keskin vaziyat yuzasidan chiqish qilib, urush tashabbusi mudofaa vaziri Pit Hegsetning fikri ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muhokamalar davomida aynan Hegset birinchilardan bo‘lib harbiy choralarni qo‘llash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.

Tramp, shuningdek, Eronning yadro dasturi va mintaqadagi ta’sirini xavf sifatida baholab, AQSH bunga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini ta’kidladi. Uning aytishicha, ayni paytda tomonlar o‘rtasida muzokaralar ham davom etmoqda. Ammo Eron hech qanday muzokaralar olib borilmayotganini ma’lum qilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News