
- 0
- 29.12.2025 10:36:00
- 1 min read
AQSH prezidenti Donald Tramp va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy 28-dekabr kuni Floridada, Trampning Mar-a-Lagodagi qarorgohida qariyb uch soatlik muzokara o‘tkazdi. Tomonlar Rossiya–Ukraina urushini yakunlash bo‘yicha katta yutuqlarga erishilganini ma’lum qildi. Trampning aytishicha, tinchlik kelishuvi shartlarining qariyb 95 foizi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Biroq asosiy va eng murakkab masala — Donbass hududlarining kelajagi — hal etilmay qoldi.
Zelenskiy Donbass bo‘yicha Ukrainaning pozitsiyasi qat’iy ekanini, asosiy ustuvor masala esa hudud emas, balki mamlakat uchun aniq xavfsizlik kafolatlari ekanini ta’kidladi. Rossiya esa Donbass masalasini asosiy talab sifatida ilgari surmoqda.
Tramp kelishuv bir necha hafta ichida aniq shakl olishini aytib, yaqin kelajakda AQSH, Ukraina va Rossiya o‘rtasida uch tomonlama uchrashuv bo‘lishi mumkinligini bildirdi.