Tramp va Si Szinpin Pekinda muzokaralarni boshladi

Tramp va Si Szinpin Pekinda muzokaralarni boshladi
  • 3
  • 14.05.2026 10:19:00
  • 1 min read

Donald Tramp va Si Szinpin Pekinda rasmiy muzokaralarni boshladi. Uchrashuv Xalq majlislari buyuk saroyida bo‘lib o‘tmoqda.
Si Szinpin Trampni rasmiy marosim bilan kutib olib, AQSH va Xitoy raqib emas, hamkor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Uning aytishicha, ikki davlat birgalikda ravnaq topib, yirik davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun yangi yo‘l yaratishi lozim.
Tramp esa Si Szinpin bilan “ajoyib munosabatlar”ga ega ekanini bildirib, Xitoy va uning rahbariga katta hurmat bilan qarashini aytdi. Shuningdek, u savdo va global masalalar bo‘yicha muzokaralarni muhim deb atadi.
AQSH prezidenti dunyo hozir murakkab va beqaror davrni boshdan kechirayotganini, shu sabab AQSH va Xitoy hamkorligi global barqarorlik uchun muhim ekanini ta’kidladi. U ikki davlat manfaatlari kelishmovchiliklardan ustun ekanini ham qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp kecha, 13-may kuni Xitoyga uch kunlik tashrif bilan bordi. Bu Trampning 2017-yildan beri Xitoyga amalga oshirgan ilk tashrifidir.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News