
- 2
- 27.10.2025 17:02:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yangi Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari yuklangan yuk mashinasi tunnelga tiqilib qolgani aks etgan video keng tarqaldi.
Guvohlarning aytishicha, haydovchi tunnelning balandligini noto‘g‘ri hisoblab, transport vositasi bilan ichkariga kirgan. Natijada, yuk mashinasining ustida turgan bir nechta yangi avtomobilning tomi ezilib, oynalari singan.
Voqea joyiga yo‘l patrul xizmati xodimlari yetib kelib, harakatni vaqtincha cheklagan. Yuk mashinasi maxsus texnika yordamida tunnel ichidan chiqarib olingan.
Hozircha voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan, ammo hodisa ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar haydovchining ehtiyotsizligi va yuk tashishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilmagani haqida fikr bildirmoqda.