
- 0
- 05.02.2026 15:33:00
- 1 min read
Rossiyaning Tambov viloyati Michurinsk shahridagi Kochetovka-2 temir yo‘l stansiyasida yuk poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida kuchli portlash va yong‘in sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda portlashdan keyin ulkan alanga aks etgan videolar tarqaldi. Rossiya temir yo‘llari hodisani tasdiqlab, poyezd benzin tashiyotganini ma’lum qildi. Hodisada bir kishi jarohatlangan. Stansiya orqali poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan. Hodisa sabablarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.