Indoneziyada poyezdlar to‘qnashuvi: 15 kishi halok bo‘ldi

Indoneziyada poyezdlar to‘qnashuvi: 15 kishi halok bo‘ldi
  • 2
  • 28.04.2026 13:45:00
  • 1 min read

Indoneziyaning Jakarta shahrida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq yo‘lovchi jarohat oldi.

Hodisa bitta taksi va uchta poyezd ishtirokida sodir bo‘lib, poyezd temiryo‘l kesishmasida qolib ketgan taksini urib yuborishi bilan boshlangan. Shundan so‘ng ikkinchi poyezd to‘xtagan, oradan taxminan bir soat o‘tib esa uchinchi poyezd kelib, ikkinchi poyezd vagoniga urilgan.

Qutqaruvchilar ayrim yo‘lovchilar hali ham vagonlar ichida qolganini, ularni chiqarish ishlari davom etayotganini bildirdi. Jarohatlanganlarning davolanishi va qurbonlarning dafn xarajatlari KAI hamda sug‘urta tomonidan to‘liq qoplanishi ma’lum qilingan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News