
- 0
- 18.05.2026 10:53:00
- 1 min read
Tailand poytaxti Bangkokda yuk poyezdi yo‘lovchi avtobusi bilan to‘qnashib ketdi. Hodisa oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi jarohatlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus temiryo‘l kesishmasida tiqilib qolgan va og‘ir konteyner tashiyotgan yuk poyezdi vaqtida to‘xtay olmagan.
To‘qnashuvdan so‘ng avtobusda yong‘in chiqqan, bir nechta avtomobil va mototsikllar ham shikastlangan. Jarohatlanganlarning ikki nafari og‘ir ahvolda.