
- 0
- 09.07.2026 13:59:00
- 1 min read
Toshkent shahridagi Xotira xiyoboni yaqinidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanaliga o‘zini tashlagan ayol va uni qutqarishga uringan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, harbiy xizmatchi suv oqimi bo‘ylab oqib ketayotgan ayolni qutqarish uchun zudlik bilan kanalga o‘zini tashlagan. Biroq, kuchli oqim sabab ayol ham, uni qutqarmoqchi bo‘lgan harbiy xizmatchi ham vafot etgan.
Ayolning jasadi voqea sodir bo‘lgan kuni topilib, yaqinlariga topshirilgan. Harbiy xizmatchining jasadi esa, qidiruv-qutqaruv ishlari yakunida topilgan. Ma’lumot uchun, halok bo‘lgan Milliy gvardiya xodimi 2005-yilda tug‘ilgan bo‘lib, yaqin kunlarda uning to‘yi bo‘lishi rejalashtirilayotgani aytilgan.