YTHda halok bo‘lgan YPX xodimi so‘nggi manzilga kuzatildi

YTHda halok bo‘lgan YPX xodimi so‘nggi manzilga kuzatildi
  • 0
  • 18.07.2026 16:04:00
  • 1 min read

Toshkentda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan YPX xodimi, 29 yoshli leytenant Ozodbek Qo‘ldoshaliyev Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida so‘nggi manzilga kuzatildi.
Marhum bilan vidolashuv marosimida ichki ishlar organlari rahbariyati, hamkasblari, yaqinlari va ko‘plab fuqarolar ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, 16-iyul kuni Toshkent shahrida Chevrolet Onix avtomobili va YPX xizmat mototsikllari ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida xizmat vazifasini bajarayotgan Ozodbek Qo‘ldoshaliyev og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News