Namanganda qalbaki 100 ming AQSH dollari savdosiga chek qo‘yildi

Namanganda qalbaki 100 ming AQSH dollari savdosiga chek qo‘yildi
  • 6
  • 20.06.2026 18:30:00
  • 1 min read

Namangan viloyatida uch nafar fuqaro qalbaki 100 dollarlik kupyuralardan iborat jami 100 ming AQSH dollarini sotishni rejalashtirganligi aniqlandi. Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar qalbaki 80 ming AQSH dollarini haqiqiy 40 ming AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Surishtiruv jarayonida ushbu qalbaki valyutalar xorijda tayyorlanib, noqonuniy yo‘llar orqali O‘zbekistonga olib kirilganligi fosh bo‘lgan. Hozirda, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News