Tailandda sayyohlarni olib ketayotgan kema cho‘kib ketdi

Tailandda sayyohlarni olib ketayotgan kema cho‘kib ketdi
  • 0
  • 13.01.2026 12:20:00
  • 1 min read

11-yanvar kuni Tailandning Pxuket orolida Korawich Marine 888 tezyurar sayyohlar kateri baliqchi trauleri bilan to‘qnashib, cho‘kib ketdi. Halokatda 18 yoshli rossiyalik qiz vafot etdi. Katerda jami 55 kishi bo‘lgan: 33 rossiyalik, 8 qozog‘istonlik, 3 o‘zbekistonlik, 2 qirg‘iz, qolganlari Polsha va Buyuk Britaniya fuqarolari. Pxuket va Krabi politsiyasi voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. O‘zbekiston TIV jabrlangan fuqarolar to‘liq sog‘aygan va belgilangan tartibda shifoxonadan chiqarilganini ma’lum qildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News