
- 2
- 15.05.2026 17:51:00
- 1 min read
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Turkiston viloyatida O‘zbekiston ko‘magida barpo etilgan yangi masjidga Miromon ota nomini berishni taklif qildi.
Taklif Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti ochilishida ilgari surildi. To‘qayev O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va o‘zbek xalqiga mazkur masjid qurilishiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Ushbu masjid ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va birdamlikning ramzi ekani ta’kidlandi.