Prezidentni haqorat qilgan tiktoker 4 yilga qamaldi

Prezidentni haqorat qilgan tiktoker 4 yilga qamaldi
  • 4
  • 29.12.2025 10:31:00
  • 1 min read

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan erkak TikTok’da prezidentni haqorat qilgani uchun 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Sud ma’lumotiga ko‘ra, u 2023-yil fevral oyida Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lgan paytda “Sherxon” nomi ostidagi TikTok sahifasida jonli efirga chiqib, davlat rahbariga nisbatan haqoratomuz so‘zlar ishlatgan. Video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilikda keskin norozilik uyg‘otgan.
Shundan so‘ng u Turkiya va Ozarbayjonda bo‘lgan. Joriy yil aprel oyida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ozarbayjonda qo‘lga olingan.
Sudda erkak aybini tan olib, o‘sha paytda mast bo‘lganini aytgan va uzr so‘ragan. Sud qaroriga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 158-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News