Andijonda 3 nafar o‘smir radarni kanalga oqizib yubordi

Andijonda 3 nafar o‘smir radarni kanalga oqizib yubordi
  • 2
  • 22.01.2026 16:01:00
  • 1 min read

Andijon viloyati Marhamat tumanida uch nafar voyaga yetmagan o‘smir avtomobil yo‘lida o‘rnatilgan radar qurilmasini urib tushirib, kanalga tashlab yubordi. Ma’lum bo‘lishicha, 9-yanvar kuni Asaka–Marhamat avtomobil yo‘lida o‘rnatilgan radar yo‘qolib qolgani haqida ichki ishlar bo‘limiga xabar berilgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu holatni uch nafar voyaga yetmagan shaxs sodir etgani aniqlangan. Ular radarni yog‘och bilan urib tushirib, so‘ng kanalga tashlab yuborgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Radar qurilmasi Marhamat tumani “Ko‘tarma” mahallasi hududidan o‘tuvchi oqova suv bo‘yidan topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News