Surxondaryoda chaqalog‘i bilan molxonada saqlangan ayol ishi: 3 kishi qamaldi

Surxondaryoda chaqalog‘i bilan molxonada saqlangan ayol ishi: 3 kishi qamaldi
  • 0
  • 12.01.2026 16:29:00
  • 1 min read

Avvalroq Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida ayol eri va uning qarindoshlari tomonidan tilida nuqsoni borligidan foydalanilgan holda bir necha oy davomida yangi tug‘ilgan farzandi bilan molxonada qamab saqlangani haqida xabar berilgandi (https://t.me/casiauz/10064). Mazkur holat yuzasidan sud hukmi e’lon qilindi. Sud qaroriga ko‘ra, A.Sh. 13 yil, M.Sh. va K.Sh. 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Z.A.ga esa 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Ular oilaviy zo‘ravonlik, odam savdosi, voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish hamda zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilishda aybdor deb topildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News