
- 6
- 21.11.2025 16:07:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida pedagoglarning attestatsiya imtihon vaqtida bir guruh shaxslar tomonidan moddiy manfaat evaziga “bunker” tashkil qilganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi.
Bunga nisbatan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi munosabat bildirdi:
Ma’lum bo‘lishicha, bahorgi attestatsiya jarayonlarida noqonuniy qurilmalardan foydalanishga urinishlar aniqlangan va tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilinib, holatga chek qoʻyish yuzasidan ishlar olib borilgan.
Shuningdek, joriy yil bahorda oʻtkazilgan malaka toifa sinovlarida 75 nafar, kuzgi sinovlarda esa 45 nafar pedagog tomonidan qoʻshimcha qurilma va shpargalkalarni olib kirishga urinish boʻlgan. Natijada esa, talabgorlar tartib-qoidalarni buzganligi sababli oʻz vaqtida attestatsiya sinovlaridan chetlatilgan.
“Attestatsiya sinovlarini topshirishda faqat oʻz bilimingizga ishoning. Vazirlik ustozlarni qoʻllab-quvvatlashga doimo tayyor ekanini maʻlum qiladi. Taʻkidlash joiz, malaka sinovi testlarida jarayonlar doimiy kuzatib kelinmoqda”, – deyiladi vazirlik xabarida.