Ekologik huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar mukofotlanadi

Ekologik huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar mukofotlanadi
  • 4
  • 29.11.2025 10:38:00
  • 1 min read

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi ekologik huquqbuzarliklar haqida maʼlumot bergan fuqarolarni ragʻbatlantirish tizimini joriy etdi. Endi fuqarolar EkoNazorat axborot tizimi yoki @ecogovuzbot orqali noqonuniy holatlarning foto yoki video dalillarini yuborishi mumkin. Taqdim etilgan dalillar asosida huquqbuzardan undirilgan jarimaning 15 foizi xabar bergan fuqaroga mukofot sifatida toʻlanadi. Qoʻmita raisi Aziz Abduqaҳҳorov fuqarolarni ekologik nazoratda faol boʻlishga chaqirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News