
- 6
- 21.02.2025 09:46:00
- 1 min read
Prezidentning “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan soliq organlari yakka uy joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarni tartibga solishga yetarli e’tibor qaratmagan yer egalari yagona yer solig‘ining yuqori — uch barvar stavkasi qo‘llanishi mumkin. Bu har chorakda o‘tkaziladigan monitoring natijasida ekin to‘liq ekilmagani yoki qarovsiz qoldirilgani aniqlanganda tajriba tariqasida amalga oshiriladi. Bunda berilayotgan imtiyozlarni vaqtincha to‘xtatish, qayta tiklash va oshirilgan soliq stavkalarini qo‘llash “mahalla yettiligi” xulosasiga asosan amalga oshiriladi va tegishli ma’lumotlar “Online mahalla” elektron platformasiga kiritib boriladi.
Shuningdek, tomorqada yetishtirilgan mahsulotlardan olingan daromad yuqori bo‘lganida yer solig‘ining 90 foizi qaytarib beriladi.