
- 0
- 17.03.2026 09:47:00
- 1 min read
Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayolning tahqirlanib, sochi kalga olib tashlangani aks etgan videolar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB rasmiy ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 1991-yilda tug‘ilgan ayol 1998-yilda tug‘ilgan ayolni turmush o‘rtog‘i bilan ishqiy munosabatda bo‘lganlikda ayblab, 2025-yil 23-dekabr kuni u davolanib yotgan shifoxonaga tanishlari orqali mazkur ayolni chaqirtirib, uni tahqirlab, oyog‘ini o‘ptirib, jarayonni videoga oldirgan. Shundan so‘ng u tanish ikki erkakni chaqirib, ayolni majburan avtomobilga o‘tkazib, Andijon tumani Jivachi mahallasi hududidagi xilvat joyga olib borib, ayolning sochini mashinka bilan olib tashlashni buyurgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi va yana besh nafar shaxs ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.