Toshkentda itlar ustiga mashina haydaganlar sudga berildi

Toshkentda itlar ustiga mashina haydaganlar sudga berildi
  • 0
  • 06.04.2026 18:23:00
  • 1 min read

Toshkentning Uchtepa tumanida ikki fuqaro kuchuklar ustiga mashina haydagani uchun sudga berildi. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, 5-aprel kuni kechasi bozor hududida qorovul bo‘lib ishlovchi 1997-yilda tug‘ilgan T.M. va 1996-yilda tug‘ilgan M.D. itlar ustiga mashina haydagan. Holat yuzasidan ularga nisbatan hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ish sudga yuborilgan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hayvonlarga shafqatsizlik qilganlarga jazo kuchaytirilib, ularni 1 yilgacha qamoqqa olish haqidagi loyiha ilgari surilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News