Angliyada o‘g‘rilar bankomatni ekskavator bilan o‘g‘irlashdi

Angliyada o‘g‘rilar bankomatni ekskavator bilan o‘g‘irlashdi
  • 2
  • 29.10.2025 13:53:00
  • 1 min read

Angliyaning Milton Keyns shahrida o‘g‘rilar bankomatni o‘g‘irlash uchun noodatiy usuldan foydalandilar — ular do‘kondagi bankomatni ekskavator yuklagich yordamida devorni yorib, tortib chiqishgan.

Voqea kechasi sodir bo‘lgan va yaqin atrofdagi guvohlar bu holatni videoga tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Kadrlarda og‘ir texnika yordamida bankomatning do‘kondan chiqarib, yuk mashinasiga ortilgani aks etgan.

Politsiya hodisa yuzasidan talochilik ishi qo‘zg‘atgan. Hozirda o‘g‘rilarni aniqlash va ularni qo‘lga olish bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News