Rossiya armiyasida 12 mingdan ortiq markaziy osiyolik bor

Rossiya armiyasida 12 mingdan ortiq markaziy osiyolik bor
  • 0
  • 22.04.2026 10:25:00
  • 1 min read

2026-yil holatiga ko‘ra, Rossiya armiyasi safida 12 666 nafar Markaziy Osiyo fuqarosi bor. Ular urushda qatnashgan yoki hozirda qatnashmoqda. Bu haqda Ukrainaning “Xo‘chu jit” (Yashashni xohlayman) davlat loyihasi xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondan 4 853 nafar, Tojikistondan 3 407 nafar, Qozog‘istondan 2 389 nafar, Qirg‘iziston 1 439 nafar va  Turkmanistondan 578 nafar fuqaro armiyada yollanma askar sifatida xizmat qilmoqda. Ular Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News