Dunyodagi eng qimmat oyoq: Mikelanjelo chizilgan surat 27 million dollarga sotildi

Dunyodagi eng qimmat oyoq: Mikelanjelo chizilgan surat 27 million dollarga sotildi
  • 0
  • 09.02.2026 15:26:00
  • 1 min read

Uyg‘onish davri rassomi va haykaltaroshi Mikelanjeloning (1475–1564) kartinasi Christie’s auksionida 27,2 million dollarga sotildi. Uning boshlang‘ich narxi 2 million dollar edi, auksion esa 45 daqiqadan oshiq davom etdi. Bu Mikelanjeloning savdoga chiqqan eng qimmat asari bo‘ldi. Mutaxassislar ilgari noma’lum bo‘lgan qizil bo‘r eskizini aniqlashgan — unda Liviya cho‘lidagi Siva vohasidagi Zevs-Ammon orakuli bilan bog‘liq Sibillaning o‘ng oyog‘i tasvirlangan. Mikelanjelo G‘arb san’atining rivojlanishida katta ta’sir ko‘rsatgan rassom va haykaltarosh bo‘lib, uning eng mashhur asarlari qatoriga Sikstin kapellasining shiftidagi freskalar, Dovud haykali va Vatikandagi “Pieta” kiradi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News