Minglab odamlarni “uxlatgan” Credit House ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

Minglab odamlarni “uxlatgan” Credit House ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
  • 0
  • 24.04.2026 18:13:00
  • 1 min read

Toshkentda uy olmoqchi bo‘lgan minglab fuqarolardan pul yig‘ib, ularni chuv tushirgan InFinStroy-Invest va Credit House kompaniyalari mansabdorlariga sud hukmi o‘qildi.

Sud qaroriga ko‘ra, 6 nafar ayblanuvchi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi, 3 nafar ayol esa shartli ravishda ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. Bundan tashqari, ularga jabrlanganlarga yetkazilgan zararni qoplash majburiyati yuklatildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ishda 1 700 dan ortiq fuqaro jabrlanuvchi sifatida qayd etilgan. Umumiy zarar miqdori 450 milliard so‘mdan oshgan bo‘lib, uning katta qismi allaqachon qoplangan.
Kompaniyalar 2018-yildan boshlab fuqarolarga muddatli to‘lov asosida uy-joy taklif qilib kelgan, biroq yig‘ilgan mablag‘larning bir qismi maqsadsiz sarflangani va qurilish ishlari to‘liq amalga oshirilmagani aniqlangan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News