
- 3
- 23.01.2026 15:22:00
- 1 min read
Global Firepower portali 2026-yil reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 145 davlat orasida 0.9908 ball bilan 53-o‘rinni egalladi va bu Markaziy Osiyoda eng yuqori ko‘rsatkichdir.
O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida 470 tank, 8 692 zirhli transport vositasi, 159 samolyot va 101 vertolyot mavjud. Xizmatga yaroqli aholi soni bo‘yicha 32-o‘rin, mudofaa byudjeti bo‘yicha 49-o‘rin egallagan. Markaziy Osiyo davlatlari reytingi: Qozog‘iston — 58, Turkmaniston — 78, Tojikiston — 100, Qirg‘iziston — 109. Birinchi uchlik esa AQSH, Rossiya va Xitoyga tegishli.
GFP indeksi Qo‘shma Shtatlarda yashovchi bloger Daniel Puchetti tomonidan yuritiladigan nodavlat loyiha hisoblanadi va reyting qanday manbalar asosida tuzilishini, shuningdek, hisob-kitoblar qaysi formula asosida olib borilishini ochiqlamagan.