
- 0
- 19.12.2025 15:01:00
- 1 min read
AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem topshirig‘iga ko‘ra, “grin karta” (DV) lotereyasi dasturi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Reuters xabar berdi. Qarorga Braun universitetida sodir bo‘lgan otishmada gumonlangan shaxs mamlakatga aynan DV dasturi orqali kelgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. 13-dekabr kungi hodisada o‘zbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqov halok bo‘lgan, gumonlanuvchi esa 18-dekabrga o‘tar kechasi o‘lik holda topilgan. Ma’lumot uchun, DV dasturi orqali har yili 50 mingta doimiy yashash vizasi beriladi. 2025-yilda O‘zbekiston 5,5 ming nafar g‘olib bilan birinchi o‘rinda bo‘lgan. Avvalroq Tramp ma’muriyati ayrim mamlakatlar fuqarolarining “grin karta”larini qayta ko‘rib chiqish qarorini ham e’lon qilgan edi.