AQSH 75 davlat, jumladan O‘zbekistonga ham viza berishni to‘xtatdi

AQSH 75 davlat, jumladan O‘zbekistonga ham viza berishni to‘xtatdi
  • 16
  • 15.01.2026 09:44:00
  • 1 min read

AQSH ma’muriyati 21-yanvardan boshlab 75 mamlakat fuqarolariga immigratsion vizalar (ishlash va yashash) bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqishni to‘xtatadi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor. Bu haqda Reuters xabar berdi.
AQSH Davlat departamenti ushbu mamlakatlardan bo‘lgan arizachilar AQSH uchun “moliyaviy yuk” bo‘lish xavfi yuqori, deb baholanganini bildirdi. Qaror immigratsiya siyosatini qayta ko‘rib chiqish va tekshiruvlarni kuchaytirish doirasida qabul qilingan.
Mazkur cheklov sayohat (visitor) vizalariga taalluqli emas, jumladan 2026-yilgi Jahon chempionati va 2028-yilgi Olimpiada uchun AQSHga borishni rejalayotganlarga ta’sir qilmaydi.

AQSH viza berishni to‘xtatgan davlatlar ro‘yxati:

Afg‘oniston, Albaniya, Jazoir, Antigua va Barbuda, Armaniston, Ozarbayjon, Bagama orollari, Bangladesh, Barbados, Belarus, Beliz, Butan, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Myanma (Birma), Kambodja, Kamerun, Kabo-Verde, Kolumbiya, Kot-d’Ivuar, Kuba, Kongo Demokratik Respublikasi, Dominika, Misr, Eritreya, Efiopiya, Fiji, Gambiya, Gruziya, Gana, Grenada, Gvatemala, Gvineya, Gaiti, Eron, Iroq, Yamayka, Iordaniya, Qozog‘iston, Kosovo, Quvayt, Qirg‘iziston, Laos, Livan, Liberiya, Liviya, Shimoliy Makedoniya, Moldova, Mo‘g‘uliston, Chernogoriya, Marokash, Nepal, Nikaragua, Nigeriya, Pokiston, Kongo Respublikasi, Rossiya, Ruanda, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsent va Grenadinlar, Senegal, Serra-Leone, Somali, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya, Tanzaniya, Tayland, Togo, Tunis, Uganda, Urugvay, O‘zbekiston va Yaman.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News