
- 5
- 09.05.2026 10:34:00
- 1 min read
AQSH Mudofaa vazirligi noma’lum uchuvchi jismlar (NUJ) va “noma’lum anomal hodisalar”ga oid hujjatlarni bosqichma-bosqich e’lon qilishni boshladi. Bu haqda AP News xabar berdi.
Pentagonning ma’lum qilishicha, fuqarolar endi ushbu materiallar asosida mustaqil xulosa chiqarishi mumkin. Hozirgacha 162 ta hujjat ochiqlangan. Ular orasida FQB hisobotlari, NASA stenogrammalari va eski davlat hujjatlari bor.
Hujjatlardan birida dron uchuvchisi 2023-yilda osmonda yorqin “chiziqli obyekt”ni ko‘rgani aytilgan. Yana bir faylda esa “Apollon-17” missiyasi vaqtida olingan noodatiy surat keltirilgan. Shu bilan birga, Pentagon hozircha o‘zga sayyoraliklar yoki ularning texnologiyasi mavjudligini tasdiqlovchi dalil topilmaganini bildirgan. Ekspertlar esa bunday videolar va tasvirlarni ehtiyotkorlik bilan talqin qilishga chaqirmoqda.
Avvalroq Tramp federal idoralarga o‘zga sayyoraliklar, noma’lum uchar jismlar va shu bilan bog‘liq hodisalar haqidagi hukumat hujjatlarini e’lon qilish bo‘yicha topshiriq bergandi.