
- 2
- 07.05.2026 13:59:00
- 1 min read
6-may kuni ochiq sud majlislarida 1920–1934 yillarda sovet hokimiyatiga qarshi harakatlarda ayblangan shaxslarning 8 ta jinoyat ishi qayta ko‘rib chiqildi. Oliy sud Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan ushbu fuqarolarga nisbatan oqlov hukmlari chiqarildi. Qayd etilishicha, ular o‘sha davrda bosmachilik harakatlariga yordam berish, qurolli guruh tuzish hamda sovet hokimiyatiga qarshi qo‘zg‘olonlarda ishtirok etishda ayblangan. Sudlanganlarning 33 nafari otuv jazosiga hukm qilingan, qolganlari esa, turli muddatlarga lagerlarga yuborilgan. Ular orasida ayollar va voyaga yetmaganlar ham bo‘lgan. Oliy sud bu qarorni tarixiy adolatni tiklash va mustabid tuzum davrida nohaq jazolangan ajdodlar nomini oqlash yo‘lidagi ishlarning davomi sifatida izohladi. Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda prezident farmoyishi asosida tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida jami 1236 nafar qatag‘on qurboni reabilitatsiya qilingan.